18 Mart 2023 yil 522

G‘ijduvonlik televizor ustasi muzlatgichdagi pullarni o‘marib ketdi

2023-yil 9-mart kuni G‘ijduvon tumani “A.Qahhor” mahallasida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan B.L. ismli shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, G‘ijduvon tumani “Chorsu” mahallasida yashovchi boshqa bir tanishining yashash xonadoniga televizorni tuzatib berish uchun borib, u yerda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, A.E. ning muzlatgichi ichida bo‘lgan 4.000.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Ushbu holat Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPXB 1-tumanlararo otryad xodimlari tomonidan aniqlagan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech