Giyog‘vandlik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish. Shofirkon tumani.
2023 yilning 12 aprel kuni soat 13:20 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Shofirkon tumani “S.Jo‘ra” mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan N.A.ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra tarkibida faol giyohvandlik vositasi hisoblangan tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, respublika hududida muomalasi taqiqlangan, quritilgan holdagi sof og‘irligi 11,65 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.