Giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish. G‘ijduvon tumani.
2023 yil 31 mart kuni soat 19:30 larda huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida G‘ijduvon tumani “Biyosin” qishlog‘ida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan Y.Z. G‘ijduvon tumani “Xatcha” mahallasi hududidan o‘tuvchi “M-37” – avtomobil yo‘lining 214-kilometriga yetganda yo‘l yoqasida tanishi Z.S.ga Buxoro viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 45,44 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddasini 10 dona “AVION” yozuvli gugurt qutilariga solib, alohida-alohida qadoqlagan holda 3.000.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotgayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘itilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.