28 Iyul 2023 yil 543

Giyohvandlik moddalari sotuvidan daromad ko‘zlagan shaxs fosh etildi

Buxoro shahar Bexishtiyon mahallasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan B.B. ismli shaxsning giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi to‘g‘risida tezkor maʼlumotlar olingan.

Joriy yilning 15 iyul kuni «Treker» rusumli avtotransport vositasida Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan “Erkin” YPX maskanidan Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan B.B. YPX maskanida xizmatni olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, xolislar ishtirokida uning kiyimlari ko‘zdan kechirilganda, egnida bo‘lgan ko‘k rangli jinsi shimining o‘ng cho‘ntagidan oq va ko‘k polietilen paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli jigar rang modda va 50.000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, sarg‘ish toshsimon modda borligi aniqlangan.

Ushbu moddalar yuzasidan Toshkent shahar IIBB EKM tomonidan o‘tkazilgan sudga oid kimyoviy tadqiqot natijalariga ko‘ra b.b.dan olingan birinchi modda sof vazni 21,67 grammga teng bo‘lgan “Opiy”, ikkinchi modda sof vazni 0,78 grammga bo‘lgan “Geroin” giyohvandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech