Giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish.
Olingan tezkor maʼlumot asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan 2023 yil 22 fevral kuni soat taxminan 14:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shahar markazida maqsadsiz yurgan Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan K.Sh. to‘xtatilib, yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, egnidagi kiyimi yon cho‘ntagidan bir dona qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, oq-sarg‘ish rangli, sof vazni 0,03 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘prok miqdordagi “apirrolidinovalerofenon” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.