26 Aprel 2023 yil
446
Giyohvandlik moddasini uyida saqlab kelgan shaxs ushlandi
Kogon tumani "O‘ba cho‘li" mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan K.M. yashash xonadonida viloyat IIB EKBning 2023 yilning 13 apreldagi kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 0,21 grammga teng bo‘lgan, ozginadan ko‘proq miqdoridagi «Gashish» giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.