17 Aprel 2023 yil 478

Giyohvanlik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish. Shofirkon tumani

2023 yil 12 aprel kuni Shofirkon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida tumanning “Jo‘sho‘ra” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan H.A. ning harakatlari shubha uyg‘otganligi sababli u bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbat jarayonida uning yonida quritilgan holdagi sof vazni 4,86 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech