9 Avgust 2025 yil 1431

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida aholi bilan ochiq muloqotlar, rahbarlar qabullari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda

Shu maqsadda, Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi mutasaddilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasida rahbar qabulini so‘rab takroran murojaat yo‘llagan fuqarolar bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda viloyatdagi qator tashkilotlar rahbarlari qatorida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ham ishtirok etdi.

Qabuldada fuqarolarning kundalik hayotiga doir sud-huquq, ijtimoiy va iqtisodiy muammolari eshitilib, o‘nlab masalalar joyida hal etildi. Jumladan, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik uchun yer ajratish, ichki yo‘llarni taʼmirlash kabi masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida tegishli choralar belgilanib, nazoratga olindi.

Bunday qabullar aholi roziligini oshirish, muammolarga amaldagi yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolar tomonidan bildirilgan ishonch davlat idoralari masʼuliyatini yana-da oshirishga xizmat qilmoqda.

Text to speech