Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hisobot berdi
videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan mazkur sessiya ishida viloyatdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, boshqarma va tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, hududiy studiyalardan-shahar va tuman rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining deputatlari va tegishli idoralar masʼullari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan "Buxoro viloyatida joriy yilning 3 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti tinglandi.
Hisobot yuzasidan deputatlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga boshqarma boshlig‘i tomonidan batafsil javoblar berilib, ko‘tarilgan masalalarning har biri yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.