17 May 2024 yil 777

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 113-sessiyasida viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov ishtirok etdi

Mazkur sessiya ishida tuman hokimi va boshqa sektor rahbarlarining "Vobkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish" bo‘yicha joriy yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Bunda, xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, taalluqli davlat va jamoat tashkilotlarining masʼul rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan  masala yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisobotlari qabul qilindi.

Sessiyada ishtirok etgan viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov so‘zga chiqib, sektor rahbarlarining hisobotlari yuzasidan o‘zining bir qator fikr va mulohazalari, taklif hamda tavsiyalarini bildirdi.

Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan sessiya ishida tumanning barcha mahallalarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish borasida oldinga surilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Text to speech