31 Iyul 2023 yil 382

Harbiy qism masʼullarining tergovga qadar tekshiruvni olib borishdagi bilim saviyasi va kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratildi

Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi masʼullari tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning bilim saviyasi va kasbiy mahoratlarini oshirish barobarida Markaz xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, viloyat hududida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar ishtirokida “Yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq jinoyatga oid xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish tartibi” bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirildi.

Unda, masʼul bosh ekspert ishtirokida “Sud avtotexnika va sud transport izshunoslik ekspertizasi tayinlash va uni o‘tkazish bilan bog‘liq umumiy qoidalar”, “Yo‘l-transport hodisasi holatlari ekspertizasi”, “Transport vositasining texnikaviy holati ekspertizasi” hamda “Sud-transport-izshunoslik ekspertizasi” mavzularida seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, YTHlarining turlari yaʼni piyodalarni urib ketish, transport vositalarining to‘qnashuvi, ag‘darilishi, qo‘zgalmas to‘siqlarni urib ketish, avtotransportdan yo‘lovchilarning yiqilishi kabi holatlar bo‘yicha so‘z yuritilib, surishtiruv organlari tomonidan tayinlanadigan ekspertizalar, ekspertlar oldiga qo‘yiladigan savollar xususida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, YTH holatlari ekspertizasi hal qiladigan masalalar, bu kabi ekspertizasini o‘tka­zish uchun taqdim etiladigan maʼlumot va tadqiqot obyektlari hamda jarayonda surishtiruv organlari tomonidan inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar birma-bir tushuntirib o‘tildi.

Jarayon qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lib, ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Text to speech