19 Iyun 2025 yil 1709

“Xavfsiz hudud – dolzarb 30 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Jondor tumanida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli maxsus, tezkor, profilaktik hamda targ‘ibot tashviqot ishlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalarini kuzatib borayotgan bo‘lsangiz xabar berib borayotganimizdek, Buxoro viloyati hokimligi, Prokuratura, IIB, DXX, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Mahalla uyushmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar ishlari boshqarmalari hamda Migratsiya agentligi viloyat filiali bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Buxoro viloyati hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirish to‘g‘risida” gi Qo‘shma qaror imzolanib, joriy yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar bir nechta maxsus, tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 30 kunlik” tadbirlari olib borilmoqda.

Viloyatning Jondor tumanida olib borilgan navbatdagi maxsus, tezkor, profilaktik hamda targ‘ibot tashviqot tadbirlari o‘zining ijobiy samarasini berdi.

Jumladan, huquq tartibot organlari tomonidan qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni aniqlash va jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida erta tongdan boshlab “Tong” tadbiri o‘tkazildi.

Kompleks chora-tadbirlarning namunaviy rejasi asosida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni ham bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng tuman IIB da ishchi guruh aʼzolari ishtirokida qo‘shma qaror mazmun mohiyatini yetkazish yuzasidan Yo‘riqnoma o‘tkazilib, 1 kun davomida amalga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar ko‘lami bo‘yicha tushuntirish va topshiriqlar berildi.

Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida 3 nafarining jazosi muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritilishi taʼminlandi.

Ichki ishlar organlari faxriylari, xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” hamda taniqli shoir va yozuvchilar davra suhbatlari esa shaxsiy tarkib bilan xodimbay ishlash borasidagi samarali tadbir bo‘ldi.

“Nazorat” tadbiri doirasida tuman hududida istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tumanning Mirzayon mahallasida sodir etilgan firibgarlik jinoyati “mahallabay” muhokama qilindi.

“Dolzarb-90 kunlik” tadbirlariga masʼul rahbarlar va shtab aʼzolari ishtirokida tadbir yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokamasi ham o‘tkazilib, otaliqqa olingan tarbiyasi og‘ir yoshlar muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkillashtirildi.

Tumanda istiqomat qiluvchi 50 dan ortiq ov quroli egalari bilan joyida o‘rganish ishlari olib borilib, qoidani buzgan 9 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tuman markaziy bozorida karantin va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinishi tekshiruvdan o‘tkazilib, 73 ta savdo do‘kon egalari rasmiy ogohlantirilgan bo‘lsa, bir nafariga maʼmuriy chora ko‘rildi.

2 nafar qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarga nisbatan “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan vasiy va homiy tayinlandi.

VEIHYOKMdan chiqqan 56 nafar voyaga yetmaganlar yashash joyidan o‘rganilib, mahalla yettiligi va hamkor tashkilotlar ishtirokida monitoring qilinib, 2 nafar voyaga yetmagan shaxslar Markazga joylashtirildi.

Tadbir doirasida profilaktika inspektorlari tomonidan 31 ta holatda, YHXB xodimlari tomonidan 47 ta holatda huquqbuzarliklar aniqlanib maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ijtimoiy profilaktika obyekti sifatida ro‘yxatga olingan

56 nafar shaxslarga nisbatan xulosalar berilishi taʼminlanib, 41 ta qo‘shma xulosalar tuzildi.

Maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi 2 nafar shaxslarga nazorat o‘rnatildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda dispanser hisobida turgan ruxiy kasallarning 137 nafari va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning 59 nafari yashash manzilidan o‘rganilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarayonda 1 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxs majburiy davolanishga yuborildi.

Bundan tashqari, tuman hududida istiqomat qiluvchi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda nizoli oilalardagi xotin-qizlar bilan uchrashuv ochiq muloqot tashkil etilib, ularning muammolari yechimiga doir chora tadbirlar belgilanib, huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, yana 14 nafariga Himoya orderi rasmiylashtirib berildi.

Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va boshqa obyektlarni qo‘riqlovga olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, 3 ta obyekt qo‘riqqa olindi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham tasdiqlangan tgrafik asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Text to speech