“Xavfsiz hudud – dolzarb 30 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida viloyatning Olot tumanida bir qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyati hokimligi, Prokuratura, IIB, DXX, Milliy gvardiya, favqulotda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Mahalla uyushmasi, Maktabgacha va maktkab taʼlimi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar ishlari boshqarmalari hamda Migratsiya agentligi viloyat filiali bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Buxoro viloyati hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirish to‘g‘risida” gi Qo‘shma qaror imzolanib, joriy yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar bir nechta maxsus, tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 30 kunlik” tadbirlari olib borilmoqda.
Ushbu kompleks chora tadbirlarning Olot tumanidagi ijrosini taʼminlash, amalga oshirilayotgan manzilli ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda amaliy yordam berish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlaridan 45 nafar malakali xodimlar va hamkor idoralarning mutasaddilaridan iborat guruhlar jalb qilindi.
Kundalik amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar namunaviy rejaga muvofiq ertalab soat 06:30 dan tumanning keng jamoatchiligini jalb etgan holda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish Marafonidan boshlandi.
Shundan so‘ng, soat 08:30 da ishchi guruh aʼzolari bilan tonggi yo‘riqnoma o‘tkazilib, “Xavfsiz hudud – dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida kun davomida amalga amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar xususida batafsil tushuntirilib, aniq vazifa hamda topshiriqlar berildi.
Jumladan, Probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ushbu toifa shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish yakka hamda umumiy tartibda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilib, jarayonda ularning muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Ichki ishlar organlari faxriylari, xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan davra suhbatlari ham tashkil etildi.
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish hamda ular tomonidan shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarish tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼsul xodimlaridan iborat “Patrul-tekshiruv” tadbirlari amalga oshirildi.
Turli idoralarga doimiy murojaat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Bunda 12 nafar fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish choralari ko‘rilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Nazorat” tadbiri doirasida tuman hududida istiqomat qiluvchi 52 nafar muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazildi.
“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida Olot tumanidagi 11 ta umum taʼlim maktabida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari (kunduzgi oromgoh) faoliyati o‘rganilib, o‘quvchi yoshlarning miriqib dam olishlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish borasida ko‘rsatmalar berildi.
Jarayonda, Olot tumanida istiqomat qiluib kelayotgan rahbar xodimlarga biriktirilgan og‘ir toifali otaliqqa olingan yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Tuman hududida istiqomat qiluvchi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 40 nafar xotin-qizlar bilan uchrashuv ham tashkil etilib, muammo va murojaatlarini hal etishga doir manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, tuman hududida istiqomat qiluvchi nizoli oilalardagi xotin-qizlarning muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi. Binobarin, 12 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari rasmiylashtirib berildi va 2 nafar himoya orderi talabini buzgan shaxslarga nisbatan MJtKning 206-1 moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tuman hududida faoliyat olib boruvchi ov quroliga ega bo‘lgan shaxslar bilan huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Ov qurolini saqlash va undan foydalanish qoidalarini buzgan
4 nafar shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishi taʼminlandi.
Tumanning Markaziy bozorida karantin va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, 22 ta go‘sht do‘koni egalariga rasmiy orgohlantirish berildi.
Tadbir davomida 1 nafar nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmagan shaxs VEIHYOKMga joylashtirildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan 1 nafar o‘tkir tig‘li jismlarni yonida olib yurgan, 2 nafar jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan, 3 nafar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va 9 nafar boshqa turdagi huquqbuzarliklar sodir qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rildi.
13 nafar ijtimoiy profilaktika obyektlariga qo‘shma xulosalar tuzilishi taʼminlandi.
1 nafar Maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi shaxsga maʼmuriy nazorat o‘rnatish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi.
2 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni majburiy davolanishga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtiirilib, 2 nafar ruhiy kasallar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasiga yotqazildi.
Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va boshqa obyektlarni qo‘riqlovga olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, 2 ta savdo do‘koni va 1 ta xonadonni qo‘riqlovga olish choralari ko‘rildi.
YXXB xodimlari tomonidan tuman hududida yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha 30 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, 55 ta holatda huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va 14 ta holatda avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Hududiy ichki ishlar organining xodimlarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Filarmoniyasining “Shodlik” ansambli ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar namunaviy reja asosida viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.