Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan yana bir “ustomon” qo‘lga tushdi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Buxoro shahridagi “Buxoro ustoz haydovchi” MCHJ avto maktabi o‘qituvchi-instruktori Buxoro tumani “Bog‘ikalon” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan S.M. ismli shaxs boshqa fuqarolar Sh.M. va E.E. ismli ayollarni “B” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish va guvohnoma olish uchun bo‘ladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazish uchun pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSH dollari talab qilib, 2023-yil 13-iyun kuni Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasida kelishilgan puldan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda uning boshqa fuqarolarga nisbatan ham xuddi shu turdagi jinoyatlarni sodir qilganligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.