28 Fevral 2023 yil
556
Haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Shofirkon tumani Iskogare mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan S.E. shu mahallada yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan F.M. ni aldab, uning ishonchini suiisteʼmol qilib, uni haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yishni vaʼda qilib, 400 AQSH dollari pullarni talab qiladi.
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan 2023 yil 25 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs tumanning Savrak mahallasida joylashgan «Zaxratun» supermarketi oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.