25 Iyul 2023 yil
431
Haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 450 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi
Departamentning Kogon tuman bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, G‘ijduvon tumanida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan A.D. ismli shaxs bir fuqaroga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishni vaʼda qilib, 450 AQSH dollari talab qiladi.
2023-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs talab qilingan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.