27 Aprel 2023 yil 437

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

“Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyati” o‘qituvchisi vazifasida ishlagan Kogon tumani “Beklar” mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan S.Sh. o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, boshqa bir fuqaroni “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazish uchun firibgarlik yo‘li bilan 100 AQSH dollari va 1.000.000 so‘m pul mablag‘larini olib hozirgi kunga qadar bermasdan kelgan.

2023 yil 22 aprel kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u Buxoro shahar “B.Naqshband” ko‘chasida oldindan olgan pullardan 100 AQSH dollari va 300.000 so‘m pullarni qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech