19 Aprel 2023 yil 349

Haydovchilik guvohnomasi uchun o‘tkaziladigan imtixondan o‘tkazib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Buxoro viloyati transport boshqarmasi inspektori Buxoro shahar Gulchorbog‘ mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan K.A. Kogon tumani Sarayon mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.N. ismli ayolni vakolatli tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi uchun o‘tkaziladigan imtixondan muvaffaqiyatli o‘tkazib berishni vaʼda qilib, uning evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.

2023 yil 13 aprel kuni viloyat IIB hamda Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.A. talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Gumon qilinuvchi K.A. ning ko‘rsatmalari asosida tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy sherigi Buxoro shahar Gulchorbog‘ mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan B.D.ga ushbu ayolni navbatdagi haydovchilik guvohnomasi uchun o‘tkaziladigan imtixonlardan muvaffaqiyatli o‘tkazib berish evaziga oldindan kelishilgan 400 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech