20 May 2023 yil 496

Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Buxoro shahar "Gulchorbog‘" mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan K.A. mahalladoshi 2002 yilda tug‘ilgan b.D. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, boshqa bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.

2023 yil 19 may kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar talab qilingan pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech