26 May 2023 yil 579

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan test imtixonlaridan o‘tkazish evaziga 300 AQSH dollari talab kilgan shaxs ushlandi

Peshku tumani Avtomtohavaskorlar NTM shoʻba korxonasi boshlig‘i tumanning “O‘zbek” mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.M. bir fuqaroni aldab, uning tanishiga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan test imtixonlaridan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazib berishni vaʼda qilib, buning evaziga 300 AQSH dollari talab qiladi.

2023 yilning 16 may kuni Buxoro viloyat IIB TQB JQB xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahar Moxi-Xosa ko‘chasida joylashgan tibbiyot muassasasi oldida ushbu shaxs talab qilingan pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech