15 Iyul 2023 yil 494

“Himoya orderi” — xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish, oilaviy nizolarni bartaraf etish vositasi

Maʼlumki, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Xalqimizni rozi qilishdek oliy maqsadga erishish uchun xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash yo‘lida bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul inspektorlari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlari mahallalari bo‘ylab “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Davlat idora, tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

Xususan, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibot ishlari qilinib, “Himoya orderi” berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Jumladan, hududlarda hokimliklar, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari va tuman prokuraturasi hamkorligida “Himoya orderi” — xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish, oilaviy nizolarni bartaraf etish vositasi”, “Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, Vatan tinch bo‘ladi”, “Oila qo‘rg‘oni darz ketmasin” va “Sog‘lom oila — baxtli hayot!” mavzularida tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, Adliya va FXDYO rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning inspektor hamda yetakchi psixologlari hamda imom xatiblar va masʼul tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Unda, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi qator islohotlar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, “Himoya orderi” berilgan fuqarolar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi. Tadbir davomida nizoli oilardagi farzandlarning tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlar videoroliklar orqali namoyish etildi.

Oilalarda ajrimning oldini olish, oila mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mahallarda aholi muammolari o‘rganilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, rofilaktik hisobda va probatsiya nazorati ostida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil yetildi.

Bunda, ularning mavjud muammolari o‘rganilib, qayta jinoyat sodir yetmaslik hamda mamlakatimizda ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalalariga doir yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanish va kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir yetmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikdan yehtiyotkorlik, firibgarlik, o‘g‘irlik, kiber jinoyatchilik qurboniga aylanmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikdan ehtiyotkorlik, firibgarlik, o‘g‘irlik, kiber jinoyatchilik qurboniga aylanmaslik va notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olshi yuzasidan so‘z yuritildi.

 

Text to speech