15 Noyabr 2023 yil 624

Xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilish har bir ichki ishlar organlari xodimining vazifasi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bunda, boshqarma boshlig‘i tomonidan xodimlarga xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, xizmat mobaynida poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimlarga qatʼiy chora ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.

Text to speech