25 Noyabr 2023 yil 2439

Xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash bugungi kunning eng asosiy masalasi

Bugun, 25 noyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida Peshku tumani IIB xodimlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalarini qabul qilishda, shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashishning zamonaviy usul va uslublarini joriy qilish borasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik bilan bog‘liq holatlarning tub sabablari, ularning kelib chiqish omillari tanqidiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama qilindi.

Ko‘rilgan masalalar hamda xizmat intizomini mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning samaradorligini oshirish, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech