Xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratildi
Bugun, 14-iyun kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev boshchiligida viloyat IIB JXX YHXBda mas'ullar va shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etish muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, soha xodimlariga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning muammolari ham o‘rganilib, ijrosiga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mavzuga oid video rolik xodimlar eʼtiboriga namoyish etildi.