Xodimalar malakasini oshirish yo‘lida
Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yil 7-martda qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 87-son Farmoni ichrosi yuzasidan joylarda bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan institutning Buxoro filialida joriy yilning 6-8 fevral kunlari viloyat Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari va Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hududi jazoni ijro etish tizimida xizmat qilib kelayotgan xodimalar uchun qisqa muddatli sayyor o‘quv-seminari tashkil etildi.
Bunda IIV Akademiyasi va Malaka oshirish institutining tajribali professor-o‘qituvchilari hamda xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari tomonidan mavzuga oid nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘quv-seminari yakunida xodimalarga sertifikatlar topshirildi.