7 Iyun 2023 yil 489

Xonadon sotib olish jarayonida firibgarlar domiga ilinib, bor budingizdan ayrilmang

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, shaharning "Piridastgir" mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan Sh.A. ismli shaxs 2023-yilning yanvar oyida Sh.A. va Sh.S. lar bilan bir guruh bo‘lib, oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Jondor tumani "Zangi" mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan N.M. ni aldab, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni suiiste’mol qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar Namozgoh ko‘chasi 2-muyulish 27-xonani oldi sotdi shartnomasi asosida uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, jabrlanuvchidan 38.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, ushbu pullarni o‘zlarining ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborib, uyni rasmiylashtirib bermasdan, firibgarlik jinoyatini sodir qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu jinoiy guruhdan jabrlangan boshqa fuqarolar ham bor yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech