23 Aprel 2022 yil 448

Hududiy ichki ishlar organlarining quyi bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyevning navbatdagi manzili Peshku tumani bo‘ldi

Xabaringiz bor, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev ichki ishlar organlarining quyi tizimlari faoliyatini o‘rganib, mavjud muammolar va xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, shuningdek, quyi tizimlarning choraklik ish natijalarini muhokama qilib bormoqda.

Dastlab, boshqarma boshlig‘i va Peshku tumani hokimi, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar bo‘limi masʼullari bilan birgalikda zamonaviy loyiha asosida tuman markazida barpo etilayotgan Ichki ishlar bo‘limi binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayonda boshqarma boshlig‘i, mazkur binoning qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish, qurilish ishlarining belgilangan grafik hamda sifat tamoyillariga rioya qilgan holda olib borish, qurilish mollari, zaruriy texnika hamda boshqa vositalar bilan bog‘liq vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga qator tavsiya hamda topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, “Navbahor”, “Yangibozor”, “Chiqirchi” mahalla fuqarolar yig‘inlari profilaktika inspektorlari xizmat uylariga borib, xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun yaratilgan turmush sharoitlarini o‘rgandi.

Shuningdek, tuman 1-sonli tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda “Navbahor” mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 448-sonli Ichki ishlar organlarining tayanch punkti va “Qaraqalpoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Jamoatchilik nazorati maskaniga borib, profilaktika inspektorining choraklik faoliyati, TP va yurutuvdagi hujjatlarning holati, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir bajarilgan ish natijalari hamda ikkinchi chorak davomida ushbu yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yo‘l xaritasi bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rganishlar davomida tuman mahallalarida sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlarni tartibga keltirish, hududlarda “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Text to speech