19 Avgust 2023 yil 1262

Hududlarda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha “Buxoro tajribasi”ni yaratish borasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10 – 11 avgust kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida “Buxoro tajribasi”ni yaratishga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida o‘rganishlar olib bordi.

Ishchi guruh tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida, mahallalarda, olis qishloqlarda, jinoyatchilik salmog‘i ortgan “qizil” toifadagi hududlarda o‘rganishlar olib borilib, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik sodir etilishining asl sabablari, unga turtki bo‘lgan omillar, mavjud kamchiliklar birma bir tahlil qilinib, ilmiy yondashuv asosida tegishli xulosalar qilindi.

Bugun, 19 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov hamda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida ishchi guruh o‘rganishlarining yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat hamda shahar-tuman, sektor rahbarlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi aʼzolari, ichki ishlar, prokuratura organlarining tegishli sohaviy xizmat rahbarlari, hokimlarning o‘rinbosarlari, shuningdek, boshqa tegishli tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov IIVning asosiy 16 ta sohasi bo‘yicha masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh viloyatdagi mavjud kriminogen vaziyatni tahlillar asosida kompleks o‘rganib, davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Buxoro viloyatida jinoyatchilikni jilovlash borasidagi “Buxoro tajriba”sini yaratishga doir manzilli ishlar olib borib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqqanligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, viloyatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amaliyotga tadbiq etiladigan "Buxoro tajribasi"ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida “voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar orasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” xususida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga ko‘ra, «Psixologik va sotsiologik xizmat ko‘rsatish» ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilgani, markaz tomonidan olib boriladigan ishlar va ularning amalga oshirish mexanizmlari xususida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olishda targ‘ibot tadbirlarining samarasi juda yuqori ekanligigi, jinoyatning nimaga yetaklashini tushungan inson undan tiyilishga harakat qilishi, viloyatning barcha shahar va tumanlarida, mahallalar hududida voyaga yetmaganlar, yoshlar hamda xotin-qizlar jinoyatchiligi, o‘g‘irlik va firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar, yo‘l transport hodisalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan turli jinoyatlar, ayniqsa plastik kartalardan pul yechib olish va o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarning sodir etilishiga imkon berayotgan omillar, tub sabablar hamda ularning oqibatlari, aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida "Mobil targ‘ibot guruh" larining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ham bu boradagi ish samaradorligining garovi ekanligi taʼkidlandi.

Ushbu belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan  “R.Hamroyev” nomli mahalla tanlab olinib, mazkur mahallani tajriba sifatida “jinoyatdan xoli mahalla”ga aylantirish choralari ko‘rilishi yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi belgilandi.

Shu bilan mazkur taqdimotda yig‘ilish ishtirokchilari eʼtiboriga yetkazilgan jinoyatlarni jilovlashning "Buxoro tajribasi" ni respublikamizning boshqa hududlarida ham qo‘llash borasida amaliy chora tadbirlar boshlanganligi taʼkidlandi

Text to speech