11 Fevral 2023 yil 558

Hududlarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlarni kuchaytirish zarur

Bugun, 11-fevral kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida viloyatning hududiy ichki ishlar organlari bo‘lim va bo‘linmalari (GOM) kesimida o‘tgan 2022 yil davomida sodir etilgan jinoyatlar hamda jinoyat sodir etgan shaxslar bo‘yicha tahlillar o‘rganilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bunda hududlarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash borasida shahar-tuman IIBlardagi ichki ishlar bo‘linmalarining o‘rnini mustahkamlash vazifasi belgilab berildi.

Ayrim rahbarlarning o‘z vazifalarini bajarishga beparvolik bilan munosabatda bo‘layotganligi, tashabbus ko‘rsatmayotganligi oqibatida, maʼmuriy hududlarda jinoyatlar soni oshib, o‘z navbatida shahar-tuman ko‘rsatkichlariga salbiy taʼsirini ko‘rsatayotgani, shuningdek, davriy tahlillar asosida har oyda va har chorakda jinoyatchilik salmog‘i oshib borgan hududlar, ularda jinoyat sodir etgan shaxslar hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan olib borilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmaganligi tanqid qilindi.

Boshqarma boshlig‘i huzurida shahar-tumanlar hududiy IIB boshliqlari tomonidan kelgusi yilda maʼmuriy hududlarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasidagi taqdimotlari tinglanib, aniq chora-tadbirlar belgilash yuzasidan qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Text to speech