5 Avgust 2023 yil 535

Hududlarning kriminogen vaziyatini barqarorlashtirib, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechib topish zarur

Bugun, 5 avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Kogon shahridagi “qizil” toifaga kiritilgan 3-sektor xududiga kiruvchi Ziyokor mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Bunda, boshqarma boshlig‘i mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.

Mahallada faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida hududda sodir etilgan har bir jinoyatga sabab bo‘lgan omillar ilmiy yondashuv asosida chuqur tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Boshqarma boshlig‘i Ziyokor mahallasida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarni sportning shaxmat turiga qiziqtirish maqsadida tashkil qilingan “shaxmat klubi” faoliyati bilan ham tanishdi.

Shundan so‘ng, viloyat 3 sektor rahbari mahalla aholisining mummolari yechimiga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan 10 ga yaqin turli mavzulardagi murojaatlar boshqarma boshlig‘i boshchiligida tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va mudddat talab qiladiganlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech