23 Yanvar 2025 yil 1150

Ishchi guruhning Buxoro viloyatidagi manzilli ishlari davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining qarori ijrosini taʼminlash va amaliyotga tatbiq etish borasidagi chora-tadbirlar ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyati bo‘ylab, tuman va mahallalar kesimida prokuratura, ichki ishlar organlari hamda hamkor tashkilotlar masʼullari bilan birgalikdagi manzilli ishlari bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, Romitan, Vobkent, Kogan, G‘ijdivon, Olot, Qorako‘l, Jondor va Qorovulbozor tumanlarining “qizil” hamda “sariq” toifadagi mahallalarida kriminogen vaziyatni jilovlash, alohida toifadagi shaxslar bilan manzilli tadbirlarni olib borish hamda raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish borasida sektor rahbarlari va mahalla yettiligiga tegishli ko‘rsatmalar berilib yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Joylarda sohaga oid masʼullar va jamoatchilik bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Qarorning mazmun mohiyati yetkazilib, hududlarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha sektor rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Tadbir jarayonida mahallalarda, kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mutasaddi idoralar, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylarni jalb etgan holda mahalla-tuman- viloyat miqyosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi asosida faoliyat olib borish lozimligi tushuntirildi.

Ishchi guruh tomonidan mahalla guzarlarida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, aholini ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini taʼminlash borasida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilib masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech