4 Dekabr 2024 yil 1803

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov IIV JXD boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Sharof Uralov bilan birgalikda Shofirkon tumani markazidan 110 km. masofa uzoqlikda joylashgan Churuq ovulida o‘rganish ishlarini olib bordilar

Shofirkon tumani markazidan 110 kilometr uzoqlikda, Qizilqum kengliklari bag‘ridagi Churuq ovulida bugunga kelib qozoq millatiga mansub 42 ta xonadon va jami 270 nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.

Masʼullar ovuldagi o‘rganishlari doirasida hududdagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga uyma-uy borib ularning holidan xabar oldi, mavjud muammolarini o‘rgandi.

Shunining, ovul oqsoqollari bilan uchrashib, ularning mavjud ijtimoiy va maishiy muammolari yuzasidan murojaatlarini qabul qildilar.

Ovuldagi o‘rganishlar doirasida maktab hamda maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bo‘lib, muassasalarda yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida ovul aholisining turmush darajasini yaxshilashga doir 10 ga yaqin muammolar aniqlanib, har birining hal etilishiga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va alohida nazorat ostida ijroga qaratildi.

Jarayonda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan uyma-uy yurilib, fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shu bilan birga hududda 16 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Churuqliklar mazkur yarmarkada kundalik ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlarini hamyonbop narxlarda xarid qildilar.

Tuman Madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi esa ovul ahliga bayramona kayfiyat ulashdi.

Markazdan uzoqda yashayotgan bo‘lsalarda, ushbu yurtdoshlarimiz ham eʼtibordan chetda emasliklarini yurakdan his etishdi.

Bu kabi manzilli ishlar davom ettiriladi.

Text to speech