4 Iyul 2024 yil 1461

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov o‘ziga biriktirilgan G‘ijduvon tumanida "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlariga jalb etilgan kuch vositalar ishtirokida tonggi xizmat oldi Yo‘riqnomasini o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida mavjud tizimli muammolar, aholining murojaatlarini hal etish, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash orqali mahallalarni ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, tumanni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasidagi manzilli ishlarni izchil olib borishga Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i masʼul etib biriktirildi.

Topshiriq asosida ishlab chiqilgan qo‘shma farmoyish asosida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida huquq-tartibot organlari va boshqa taalluqli mutasaddi idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, tumanda kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, migratsiyada yurib qiynalgan fuqarolarni qaytarish va ularni ish bilan taʼminlash, migratsiyadan yurgan fuqarolarning oila aʼzolari, sudlarda nizolashayotgan yoki nizoli oila sifatida profilaktik hisobga olingan oilalar bilan manzilli ishlash, mahallalarni raqamlashtirib, zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash va hududiy profilaktika inspektorining xizmat xonasi hamda ichki ishlar boshqarmasiga integratsiya qilish, bunda mahalla yettilik vakillarining ish samaradorligini oshirish uchun ularning bilim saviyasini, ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, barcha xodimlar, fuqarolar ayniqsa yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kundalik ish faoliyatlari ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish borasida manzilli ishlar olib borilmoqda.

Tumanning 75 ta mahallalariga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat rahbarlari va malakali ofitser xodimlari biriktirilgan holda shu va boshqa bir qator tezkor profilaktik tadbirlarning olib borilishi, kunlik nazorat tizimining qay tartibda tashkillashtirilganligini ko‘zdan kechirish hamda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlarning natijalarini muhokama qilish maqsadida, bugun viloyat IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov G‘ijduvon tumanida bo‘lib, "Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlariga jalb etilgan kuch vositalar ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan xizmat oldi Yo‘riqnomasini o‘tkazdi.

Jarayonda mazkur tadbir doirasida shakllantirilgan guruhlar va masʼul rahbarlarning dastlabki ish natijalari tahlil qilinib, tezkor profilaktik hamda ijtimoiy profilaktik tadbirlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ish samaradorligini oshirish, har bir mahallalar, ulardagi xonadonlarni, “qizil”, “sariq” “yashil” toifalarga ajratgan holda ishni tashkil etish yuzasidan o‘zining bir qator tavsiyalarini bildirib, monitoring guruhi va masʼul rahbarlarga bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

"Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlari viloyatning boshqa barcha shahar va tumanlarida ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Text to speech