30 Avgust 2024 yil 866

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolari yechimi borasida o‘rganishlar olib bordi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov hududlarda bo‘lib, tuman sektor rahbarlari, tegishli masʼullar, mahallalar “yettilik” vakillari shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazib, mavjud muammolarga yechim izlamoqda.

Bugun, 30 avgust kuni viloyat IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanida bo‘lib, bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” shiori ostida o‘tayotgan davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayram tantanalari arafasida aholining bayram kayfiyatini o‘rganish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarga yechim topish, tuman hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i dastlab, tuman markaziy o‘yingohida olib borilayotgan qayta rekonstruksiya ishlari, jumladan futbol maydoniga sunʼiy chim qoplamasini yopish bilan bog‘liq dastlabki qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirib, stadionni zamon talablari asosida to‘liq taʼmirlab topshirish borasida mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i tumanning eng og‘ir hududlarlaridan biri “Dorigar” mahallasida o‘rganish ishlarini davom ettirdi.

Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tumanning taalluqli idoralaridan ushbu mahallaga masʼul etib biriktirilgan mutasaddilar va mahalla yettiligi ishtirokida hududda "Obod va xavfsiz xonadon" tamoyili asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejali ishlarni muhokama qildi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i masʼullar bilan birgalikda uyma-uy yurib, ijtimoiy ahvoli og‘ir, kam taʼminlangan, “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kirgan, shuningdek, uzoq muddatga ketib qiynalganligi sababli ichki ishlar organlarining saʼyi harakatlari bilan vatanga qaytib kelgan shaxslar, ularning yaqinlari, voyaga yetmagan farzandlari hamda yakka yolg‘iz, nogiron va uzoq vaqtdan beri kasallikka chalinib davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olib, ushbu toifadagi shaxslarning muammolari va murojaatlarini o‘rgandi.

Jarayonda viloyat hamda tuman mutasaddi idoralarining masʼul rahbarlariga aniqlangan masalalar yechimi yuzasidan tavsiya, ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ushbu mahalla aholisi bilan bo‘lgan suhbatlarda muqobil elektr energiyasi manbalaridan hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, foydali jihatlari borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Boshqarma boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari, viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlarida hamda boshqa shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarida bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Text to speech