Ichki ishlar organlari xizmatiga tanlov asosida qabul qilingan nomzodlar va ularning ota-onalai bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 3 noyabr kuni IIV Buxoro akademik litseyida viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimlari tashabbusi bilan viloyat ichki ishlar organlari xizmatiga yangi qabul qilingan nomzodlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda masʼul xodimlar tomonidan korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga bolta uradigan, har qanday tuzilmani halokatga olib keluvchi jirkanch illat ekanligi, ayni paytda bu illatga qarshi yurtimizda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi organlar birgalikda kurash olib borayotganligi, korrupsiya ko‘rinishi so‘ngi paytlarda ko‘plab sohalarga kirib kelishi natijasida fuqarolarda ko‘plab norozilik holatlarini keltirib chiqayotganligi, shu sababli nomzodlarning ota-onalariga farzandlarini ishga kiritib qo‘yaman deb aldanib qolmasliglari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘lmas Hamidov xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritib, har bir xodim xizmat formasini qadriga yetishi kerakligi, jamiyatda yurish-turish madaniyatiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi haqida alohida taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida IIV SHXBB Buxoro viloyati bo‘yicha xodim mayor Izzat Saʼdullayev xizmat qonunchiligiga rioya qilish, lavozim, mansab vakolatidan chetga chiqmaslik lozimligini aytib, O‘zbekiston Respublikasi IIVning ichki ishlar organlariga nomzodlarni tanlab olish to‘g‘risidagi buyruq talablariga asosan tanlovning yakuniy bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni va ularning ota-onalarini yana bir bor ogohlantirdi.
Tadbir so‘ngida nomzodlar va ularning ota-onalariga aldanib qolmasliglari uchun firibgarlik va korrupsion kabi salbiy holatlarni oldini olish borasidagi flayer hamda bukletlar tarqatildi.