Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri
Bugun, 18 noyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, xizmat-sohalar rahbarlari, shuningdek, barcha shahar-tumanlar hududiy Ichki ishlar organlari rahbar va barcha shaxsiy tarkib ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalarini qabul qilishda, shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashishning zamonaviy usul va uslublarini joriy qilish borasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik bilan bog‘liq holatlarning tub sabablari, ularning kelib chiqish omillari tanqidiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, muhokama jarayonida viloyat ichki ishlar organlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirishga doir joriy etilgan rahbar xodimlarni reyting baholash bo‘yicha Buxoro tajribasi yuzasidan joylarda amalga oshirilgan ishlar, dastlabki natijalar, tizimli muammolar birma-bir ko‘rib chiqilib, ushbu tizimning imkoniyat hamda talablari batafsil tushuntirib berildi.
Ko‘rilgan masalalar hamda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat intizomini musahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning samaradorligini oshirish, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.