12 May 2025 yil 863

Ichki ishlar organlarining samarali xizmat qilgan xodimlari taqdirlanadi, salbiy natijalar ko‘rsatganlari jazolanadi

Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bir nechta masalalarlar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xor bo‘lib ijro etishdan boshlangan yig‘ilishda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari va barcha xodimlari, videokonferensaloqa tizimi asosida barcha hududiy ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastlab, maʼnaviyat va maʼrifat darsi doirasida "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida maʼruza qilindi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 4 oyi 10 kuni mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlili;

-shu jumladan, tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, ochilmagan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlarning samaradorligi;

-surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlarini sifatli o‘tkazish va yakuni bo‘yicha qonuniy qarorlar qabul qilinishining ahvoli;

-murojaatlar bilan ishlash, “E-material” tizimiga kelib tushayotgan materiallarni kundalik nazorat qilish va qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlagan holda hal etish;

-oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ayniqsa o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga doir profilaktik tadbirlar va bunda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 aprel kunidagi PF 153-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, kiberjinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati hamda huquqiy ongni oshirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirib, plastik karta bilan bog‘liq o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olish borasida vazifalar belgilab berilgan idoralarning ish natijalarini monitoring qilish, mahallalarda "xonadonbay" va "fuqarobay" targ‘ibot tadbirlarini izchillik bilan davom ettirish;

- “Nazorat” tadbiri doirasida muqaddam sudlagan, probatsiya nazoratidagilar hamda profilaktik hisobda turganlar, shuningdek, uzoq muddatga ketgan yoki qaytib kelganlar va ularning oila aʼzolari bilan manzilli ishlash;

-xotin qizlar, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
-maktablar, texnikumlar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida hamkor idoralar bilan birgalikda “Davomat” va “Tig‘” maxsus hamda tezkor profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, tan jarohati yetkazish, oila turmush doirasidagi, shu jumladan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish;

-"mahallabay" va "sohabay" tartibda jinoyatlarning muhokamasini tashkillashtirish va kelgusida jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib borish;

Prezidentimizning "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 801-sonli Qarorlari talablari asosida hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar;

Joriy yilning 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar davom etib kelayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" hamda 1 may kunidan 30 iyun kuniga qadar o‘tkazilishi belgilangan “Qoradori-2025” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida viloyat hamda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va natijalar tanqidiy tahlil asosida birma-bir ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan monitoring va tahlillar asosida o‘z xizmat vazifasini bajarishga vijdonan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelgan, ijobiy natijalarni qayd etgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirilgan bo‘lsa, salbiy natijalar qayd etgan masʼul rahbarlar va xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan taqdirlangan 1 nafar xodim III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 1 nafar xodim Ichki ishlar vazirining “Faxriy yorlig‘i”, 3 nafar xodimga “Podpolkovnik” va 15 nafar xodimlar “Leytenant” maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ing tegishli buyrug‘i bilan ish ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan 8 nafar xodimlar, hamda o‘ziga taklif qilingan porani olmasdan tegishli tartibda maʼlum qilgan 2 nafar xodimlar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Yakunda, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech