18 Aprel 2024 yil 3016

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Buxoro viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Vazir o‘rinbosari o‘rganishlari doirasida dastlab, Qorako‘l tumanining Do‘rmon mahallasi hududida qad rostlagan "Yangi O‘zbekiston" massividagi bajarilgan ishlar, ko‘p qavatli uylar, 330 o‘ringa mo‘ljallangan maktab, 240 o‘rinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 100 qatnov o‘rniga mo‘ljallangan oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Jarayonda masʼullarga massiv hududini obodonlashtirish, qurilishi tugallanmagan obyektlarni nihoyasiga yetkazish, ko‘p qavatli uylar fasadini tartibga keltirish bo‘yicha bir qator vazifa hamda ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari Jondor tumanining "Ushot" mahallasida faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillari bilan uchrashdi.

Jarayonda mahallada doimiy ravishda "xonadonbay" "fuqarobay" tizimi asosida aholining muammolarini o‘rganish, kambag‘allikdan chiqarish, mahallasini ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha toshiriqlar berdi.

"Ushot" mahallasining 250 dan ortiq xonadonida yashovchi fuqarolar hunarmandchilikning tandirsozlik yo‘nalishi bilan shug‘ullanib o‘zini o‘zi band qilib kelmoqda.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov o‘rganishlari doirasida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi hunarmand usta Gaybullo Mo‘minov, shuningdek, Ashur Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘lib, tandirsozlik, asalarichilik va isssiqxonada gul ko‘chati yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech