2 Fevral 2024 yil 1068

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida jinoyatchilikni oldini borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari doirasida shahar va tumanlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni birma-bir tahlil qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Qorako‘l tumanida bo‘lgan o‘rganishlarda ham shu masalalar eʼtibor markazida bo‘ldi.

Dastlab, Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limida bo‘lgan vazir o‘rinbosari avvalo, maʼmuriy binoda xodimlar va aholiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarga alohida eʼtibor qaratdi.

Vazir o‘rinbosari IIB binosida bo‘lgan o‘rganishlarda tezkor-tergov guruhiga jalb etilgan xodimlar bilan birma-bir suhbatlashib, ichki ishlar bo‘limlari Navbatchilik qismiga kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan o‘z vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borish, fuqarolarning murojaatlarini to‘liqligicha o‘rganib, tegishli tergovga qadar tekshiruv harakatlarini sifatli amalga oshirishlari yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov o‘rganishlari doirasida Qorako‘l tumanining “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, “yettilik” vakillarining hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borgan ishlari bilan tanishdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.

Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech