29 Sentyabr 2023 yil 3971

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Romitan tumanining Gazli shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Vaziri o‘rinbosari shahar va tumanlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.

Romitan tumanining Gazli shaharchasi Buxoro viloyatning eng olis hududlaridan biri hisoblanadi va navbatdagi manzili aynan shu hudud bo‘ldi. “Gazli” mahallasida “beshlik” vakillarining hamkorligida jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borayotgan ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida ko‘rsatmalar berdi.

Tashrif davomida Ilgari sudlangan, uzoq muddatga ketgan, hamda 10-toifadagi oilalarning voyaga yetmagan farzandlari bilan alohida individual shug‘ullanish zarurligi, ularni muammosini o‘rganib, tezda bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida aniq va muddatlari belgilangan topshiriqlar berildi.

Profilaktika inspektorlari bilan bo‘lgan suhbatda xizmat planshetlari bilan taʼminlanganligi va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni reabilitatsiya qilishda profilaktika inspektoriga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, Gazli shaharchasida barpo etilgan sport kompleksda hudud yoshlarining muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu yerda sportning mini futbol, voleybol hamda sprot turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilganligi ko‘rildi.

Vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Abdullayev voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning eng samarali usullaridan biri ularni sportga qiziqtirish ekanligini taʼkidlab, mahalliy yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni sport kompleksiga jalb qilish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Gazli shahrida bo‘lgan o‘rganishlari davomida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda video kuzatuv kameralari orqali hududni nazorat qilish kerakligi borasida ham hudud rahbarlariga alohida vazifalar yuklatildi.

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhning bu kabi o‘rganishlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech