13 Fevral 2025 yil 2656

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari doirasida Qorovul qo‘shinlari 7536-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi

Vazir o‘rinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan harbiy xizmatchilarga dunyoda va qo‘shni davlatlarda yuzaga kelayotgan harbiy siyosiy vaziyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlarga ruhan va jismonan tayyor bo‘lishlari, vatanparvar, sergak va ogoh bo‘lib harbiy xizmatni olib borish zarurligini taʼkidlab o‘tdilar.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat olib borish jarayonlari, o‘zaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zining takliflarini berib o‘tdi.

Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofitserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini taʼkidlab, bo‘linmalarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va navbatchilarning xizmat olib borishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, vaziri o‘rinbosari qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli 7536-sonli harbiy qismi uchun qurilayotgan yangi binoga borib, bu yerda davom etayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech