Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda
Vobkent tumanning “Shifokor” hamda Buxoro shahrining "Razzoq Hamroyev" mahallalarida bo‘lgan vazir o‘rinbosari “beshlik” vakillarining hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borgan ishlari bilan tanishdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.
Shuningdek vazir o‘rinbosari “voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish” markazida joylashtirilgan nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarga yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Suhbat jarayonida bolalarning oilaviy sharoitlari, muhiti o‘rganildi hamda masʼullarga markazga olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlar olib borish, voyaga yetmagan qiz bolalar bilan hayotning keyingi bosqichiga tayyorlash bo‘yicha masʼul idoralar bilan hamkorlikni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.