Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan harbiylashtirilgan nazoratchi lavozimlariga tanlov eʼlon qilinadi.
Lavozimi: Harbiylashtirilgan nazoratchi (VOXR)
Maʼlumoti bo‘yicha: o‘rta maxsus yoki o‘rta , oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli;
Talab etilgan bo‘y: Erkaklar uchun: 178.0 sm va undan yuqori
Jins turi: Erkak
Yosh chegarasi: 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 25 yoshdan katta bo‘lmagan
Umumiy talablar:
- Sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatdan o‘tgan fuqarolar;
- Buxoro viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.
- biometrik pasport yoki ID-kartasi (asl nusxasi);
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi;
- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asl nusxasi; (sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan bo‘lsa o‘qish joyidan maʼlumotnoma, o‘rta maxsus yoki o‘rta taʼlimni tugatganlar o‘rta-maxsus diplom yoki shahodatnoma ilovalari bilan);
- harbiy guvohnoma asl nusxasi;
- hududiy tibbiyot birlashmalaridan F-086 tibbiy maʼlumotnoma.
Manzil: Buxoro shahar M.Iqbol ko‘chasi 10-uy,
Mo‘ljal: Buxoro Davlat Universiteti yon tomoni.
Murojaat uchun telefon raqamlar: 65-221-28-23, 65-505-30-15
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2025-yil 21-maydan kunidan 24-may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.