Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Buxoro shahridagi 32-sonli umumtaʼlim maktabida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining tegishli Farmoyishiga asosan umumiy o‘rta taʼlim maktablariga tashkiliy va tarbiyaviy-metodik jihatdan manzilli ko‘maklashish maqsadida Buxoro shahridagi 32-sonli umumtaʼlim maktabi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan edi.
O‘tgan davr mobaynida mazkur umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish hamda yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borildi.
Bugun, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi mutasaddilar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari surʼati bilan tanishish maqsadida ushbu taʼlim muassasasida bo‘lishdi.
Jarayonda maktabning maʼmuriy binosi, o‘quv xonalari va infratuzilmasi birma-bir ko‘zdan kechirilib, jarayonda mavjud muammolar aniqlandi va bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.