Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularga tezkor munosabat bildirib, joyida hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning navbatdagisi Buxoro tumanida bo‘lib o‘tdi
Jumladan, bugun tumanning “Rabotak” mahallasida boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida 40 dan ortiq fuqarolar tomonidan bildirilgan sud-huquq, tergov-surishtiruv, ichki ishlar organlari faoliyati, ishga tiklash, ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar yuzasidan murojaatlari individual yondashuv asosida ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va huquqiy yechim talab etgan masalalar esa ish yurituviga olindi.
Har bir murojaat yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi va ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur sayyor qabul ichki ishlar organlarining fuqarolarga yaqin bo‘lishi, ularning muammolarini tinglash va amaliy ko‘mak berishga qaratilgan faoliyatining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Bunday sayyor qabullar Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, hududiy IIB rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan barcha shahar va tumanlarda tasdiqlangan grafik asosida davom ettirilmoqda.