Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro agroklaster chorva” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni keng yo‘l ochish, bunda kooperatsiya tizimidan samarali foydalangan holda aholi bandligini taʼminlash, ularga daromad topishi uchun imkon berish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning mavjud muammolarini manzilli bartaraf etish borasida bir qator islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar chekka hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarimizning kundalik hayotida ham amaliy natijalarni ko‘rsatmoqda.
Qorovulbozor tumanida ham bu yo‘nalishda bir qator manzilli ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 3 iyun kuni viloyat 3-sektor rahbari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro agroklaster chorva” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot o‘rnida: Mazkur chorvachilik majmuasining umumiy yer maydoni 11 gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, qoramollar ozuqasi uchun 419 gektar yer maydoni ham ajratilgan.
Hozirgi kunda jamiyatda 79 nafar ishchi-xodimlar, shundan 14 nafar ayollar ish bilan taʼminlangan.
Qo‘shimcha ravishda 7 nafar ish o‘rni yaratilib, hududning ishsiz, “Temir daftar”lar ro‘yxatida turgan fuqarolarini ishga qabul qilish jarayonlari olib borilmoqda.
Kompleksning kengaytirilishi hisobidan yana 50 ta qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Chorva kompleksida yirik shoxli 1385 bosh qoramollar mavjud bo‘lib, shundan 477 bosh sutli sigirlar va 435 bosh buzoqlar sog‘lom parvarish qilinmoqda.
Ushbu korxona tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moddiy qo‘llab quvvatlash maqsadida kam taʼminlangan oilalarga kooperatsiya usulida imtiyozli kredit asosida 122 bosh zotli qoramollar yetkazib berilib, ularning parvarishi alohida nazoratga olingan.
Masʼullar chorva kompleksi tomonidan kooperatsiya usulida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz qatlamiga chorva mollarni imtiyozli kredit asosida yetkazib berish borasida amalga oshirayotgan ishlari va bu yo‘nalishdagi mavjud imkoniyatlar hamda muammolarini o‘rganib, o‘zlarining bir qator tavsiyalarini berdilar.