Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahrining “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarida 10 sonli qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga borib o‘rgandi
Bugun, 29 iyul kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahrining “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Muhokama yig‘ilishida viloyat hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi masʼul rahbarlari, shahar hokimligi vakillari, xotin-qizlar boshqarmasi masʼullari hamda kriminogen vaziyati og‘ir deb topilgan “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar “beshlik” vakillari ishtirok etishdi.
Bunda boshqarma boshlig‘i hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida “voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar orasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” xususida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga ko‘ra tashkil etilgan «Psixologik va sotsiologik xizmat ko‘rsatish» ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularning amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi
Jarayonda mahallalar kesimida sodir etilgan har bir jinoyatga sabab bo‘lgan omillar birma-bir ilmiy yondashuv asosida chuqur tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Shundan so‘ng Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar Buxoro sharidagi "Turki Jandiy" mahallasida jinoyatchilikni oldini olishga doir olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganishdi.
Bunda, mahallada faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo‘shma Qaror ijrosi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni tezkor va samarali hal etish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.