13 Iyun 2023 yil 443

Ichki ishlar boshqarmasi hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida “Voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar orasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida o‘zaro hamkorlik Memorandumi” imzolandi

Bugun, 13-iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida polkovnik Mirjamol Miralimov tashabbusi bilan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov va sohaviy xizmatlar masʼul mutasaddilari ishtirokida “O‘zaro hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Memorandumda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2833-sonli Qarori va “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli Qonun hamda “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli Qarori ijrosi hamda Buxoro viloyatida voyaga yetmaganlar, yoshlar va, xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning sababi va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni ijtimoiy-psixologik o‘rganish yuzasidan o‘zaro hamkorlikning mazmuni, sohalari va tartibi belgilab berilgan.

Bundan tashqari, unda ilmiy yondashuv asosida voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirish birma-bir ko‘rsatib o‘tilgan.

Text to speech