Ichki ishlar organlarining ayol xodimalari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratildi
Bugun, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ayol xodimalar ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga doir navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat IIB Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat IIB Xotin-qizlar kengashi raisi podpolkovnik Shaxnoza Safarova hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha bo‘limi va viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati JQB UJQKB Axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan ishlash bo‘linmasi masʼullari yil davomida tizimda faoliyat olib borayotgan xotin qizlar tomonidan sodir etilgan intizom buzilishi bilan bog‘liq holatlar birma-bir tahlil qilindi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin qizlarning muammolari ham o‘rganilib, ular o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar belgilab olindi.