4 Avgust 2023 yil 653

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov ishtirokida Buxoro viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Bugun, 4-avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 6 oyi davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash kabi bir qator masalalarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Bunda viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari va tegishli sohaviy xizmat boshliqlari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.

Hududlarda kriminogen vaziyatni yana-da barqarorlashtirish maqsadida har bir tuman-shahar IIB boshliqlari va viloyat IIB boshlig‘ining masʼul o‘rinbosarlari hamda sohaviy xizmat rahbarlariga, joylardagi vaziyatni chuqur tahlil qilgan holda, jinoyatchilikni jilovlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Muhokamada, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator masʼullar qattiq tanqid qilinib rasmiy ogohlantirilgan bo‘lsa, o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashgan, namunali xizmat qilib hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlarning intizomiy jazolari muddatidan oldin tugatildi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech